O‘zbekiston | 08:29 / 26.01.2022
3732
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Toshkent - Sochi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways 30 yanvardan Toshkent-Sochi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar tiklanishini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Aviakompaniya taqdim etgan ma’lumotga qaraganda, parvozlar haftasiga bir marotaba - yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Bildirilishicha, mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 1 883 446 so‘mdan (bagajsiz) va 2 067 881 so‘mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 3 573 113 so‘mdan (bagajsiz) va 3 941 982 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Avvalroq, O‘zbekistondan Qozog‘istonga barcha parvozlar tiklangandi.

19 yanvardan Toshkent-Olmaota-Toshkent, Samarqand-Olmaota-Samarqand, Nukus-Akto‘be-Nukus, Urganch-Aqtau-Urganch, Nukus-Aqtau-Nukus, Toshkent-Nur-Sulton-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid