Jahon | 21:31 / 03.02.2022
13332
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar saratonning 11 turi rivojlanishi xavfini kamaytiruvchi vitaminni aytishdi

Tadqiqot mualliflari kuniga kamida 200 mg askorbin kislotasini iste’mol qilishni tavsiya etishgan.

Foto: Getty Images

Xitoylik olimlar S vitaminini iste’mol qilish va saraton kasalligining turli shakllari rivojlanishi orasidagi bog‘liqlik to‘g‘risidagi 3562ta ilmiy ishni o‘rganib chiqdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, S vitaminini iste’mol qilish saratonning 11 turi rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Qayd etilishicha, S vitamini siydik pufagi, bachadon, oshqozon, qizilo‘ngach, o‘pka, oshqozonosti bezi, prostata, buyrak saratonlari, glioma rivojlanishi xavfini sezilarli darajada pasaytiradi.

Maqola mualliflari kuniga kamida 200 mg askorbin kislotasini iste’mol qilishni tavsiya etishgan.

Shu bilan birga, olimlar S vitaminining manbai meva va sabzavotlar ekanligini ta’kidlagan. Ularning yozishicha, meva-sabzavotlardagi boshqa foydali moddalar S vitamini bilan birgalikda turli o‘smalarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzuga oid