O‘zbekiston | 07:32 / 04.02.2022
21390
1 daqiqa o‘qiladi

Hisordagi fotoqopqon ikki bosh qor qoplonini suratga oldi 

Qashqadaryo viloyati Hisor davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon yana ikki bosh qor qoplonini suratga oldi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Videodan kadr

Qayd etilishicha, Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida yashaydigan qor qoploni mushuksimonlar oilasiga mansub  bo‘lgan va “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. 

“Qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limi davlat nazoratchisi Jamshid Berdaliyev tomonidan  Quralay soyiga qo‘yilgan kamera obektiga ikki bosh qor qoploni muhrlandi”, deyiladi xabarda.

2021 yilning yanvar oyida ham Qashqadaryodagi fotoqopqon yana bir qor qoplonini suratga olgandi.

Eslatib o‘tamiz, Hisor davlat qo‘riqxonasiga kameralar BMT Taraqqiyot dasturi homiyligida o‘rnatilgan. Fotoqopqonlar 2020 yilning mart-aprel oylarida ham qor qoplonini tasvirga tushirgandi.

Qor qoploni O‘zbekistonning yuqori qor tizmalarida yashaydi. U sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid