O‘zbekiston | 12:26 / 08.02.2022
11056
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda jayron ovlagan brakoner ushlandi

Ovchi mototsiklida ekologiya inspektorlaridan qochib, ovlagan 1 bosh jayronni tashlab ketgan. Huquqbuzar ko‘p o‘tmay ushlangan. 

Foto: Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasining xabar berishicha, holat 7 fevral kuni Uchquduq tumanida ekologiya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor reyd tadbirida aniqlangan. Tumanning Shalxar ovulida yashovchi fuqaro Sh.T. Uchquduq-Uzunquduq yo‘lidan mototsiklda harakatlanib kelayotganda tuman ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Ammo u to‘xtamasdan, qochishga urinib, mototsiklga yuklangan jayronni tashlab ketgan.

Tuman ekologiya bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida huquqbuzar ushlanib, holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Tabiatga yetkazilgan 13 mln 500 ming so‘mlik zarar hisoblanib, qonuniy chora ko‘rilishi uchun hujjatlar sudga yuborilgan.

Mavzuga oid