O‘zbekiston | 11:18 / 22.02.2022
7979
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi
Toshkent shahrida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.
2022 yil 22 fevral kuni soat taxminan 07:30 larda 1988 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi “Howo” rusumli yuk mashinasi Yunusobod tumani THAY ko‘chasidan Uch qahramon aylanma harakati tomoniga harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, shu vaqtda Sabzavot mahallasi qarshisida haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada, haydovchi tan-jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:12
Toshkentda tramvay liniyasini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqiladi
10:35
Toshkentdagi 4 tumanda “kogeneratsiya” qurilmalari ishga tushiriladi
12:24 / 08.01.2025
“Jarima chiptasizlar uchun” – Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulda to‘laydiganlarga jarima solinishi rad etildi
18:59 / 07.01.2025