O‘zbekiston | 07:21 / 24.02.2022
11350
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Spark» uy devoriga urildi

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahrida “Spark” avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

2022 yil 21 fevral kuni soat 18:17 da 102 tizimidan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat taxminan 16:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Geofizika ko‘chasida haydovchi – 1990 yilda tug‘ilgan Q.A. “Spark” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, “Alisherobod” MFY qarshisida rul boshqaruvini yo‘qotgan va uy devoriga urilgan.

To‘qnashuv natijasida haydovchi Q.A. “chap boldir ikkala suyaklari o‘rta uchligidan yopiq sinib maydalanib siljigani, o‘ng qo‘l 5-kaft sohasida kesilgan jarohati borligi, tanasida ko‘plab shilingan jarohatlar borligi” tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid