Jamiyat | 21:46 / 01.03.2022
36608
1 daqiqa o‘qiladi

“Manzil”: Ovchilar qishlog‘i – Qorabog‘

“Manzil” loyihasining yangi manzili – Angren shahridan 7 km yuqorida joylashgan Qorabog‘ qishlog‘i. Bu yerda qorli tog‘lardagi tajribali ovchilar hayotidan hikoya qilamiz.

Toshkent viloyatidagi bu qishloq tog‘lar bilan o‘ralgan. Undan oqib o‘tuvchi soy, xalq tilida Qorabog‘soy o‘ziga xos manzara hosil qiladi.

Jasur Qurbonov – qishloq ovchilari orasida eng mohiri. Ovchi aka bizni tog‘lar orasiga kaklik ovlashga chorladi. Lekin yurishdan avval jarayon murakkab va zahmatli bo‘lishidan ogohlantirdi.

Haqiqatan ham ovchi aka haq bo‘lib chiqdi. 3 kilometrcha masofada biz ortiq yurolmasligimizni his qilib, shu yerdan qaytishga qaror qildik. Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal, ko‘rsatuvni to‘liq tomosha qilishni tavsiya etamiz.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.

Mavzuga oid