Iqtisodiyot | 17:18 / 02.03.2022
21893
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda rublning rasmiy kursi 100 so‘mdan kamaydi

Bu Rossiya valutasi kursi so‘nggi to‘rt yarim yillikda ilk bor 100 so‘mlik darajadan pastga tushishi hisoblanadi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi. Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,03 so‘mga ko‘tarilib, 10 887,83 so‘mni tashkil qildi.

Yevro 94,98 so‘mga pastlab, 12 066,98 so‘m bo‘ldi.

Shuningdek, ertadan boshlab 1 rubl — 99,73 so‘m darajasida belgilangan, bu bir kun oldingiga nisbatan 15,38 so‘mga pasayish demakdir.

Bankers.uz kanali ma’lumotiga ko‘ra, bu rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi to‘rt yarim yildan beri ilk marta 100 so‘mlik darajadan pastga tushishi hisoblanadi.

28 fevral kuni ham O‘zbekistonda rubl kursida tarixiy qulash qayd etilgan, Rossiya valutasi 21,46 so‘mga pasayib, 108,60 so‘mni tashkil etgandi.

Mavzuga oid