FVV dovonda kuchli yog‘ingarchilik va Chimyonda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik va Chimyonda qor ko‘chish xavfi haqida xabar berdi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 5 mart kunidan 16 mart kuniga qadar Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.
«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.
Shuningdek, O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 5 - 6 mart kunlari A-373 “Toshkent - O‘sh” avtoyo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 18 - 23 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish berildi.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘rab qoladi”, - deyiladi FVV xabarida.
Avvalroq, O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilinganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
11:44 / 04.01.2025
Nukusda mast askar 6 kishini pichoqladi. 1 kishi vafot etgan
21:41 / 31.12.2024
Bo‘stonliqda 12 yanvargacha harakat bir tomonlama bo‘ladi
22:08 / 06.12.2024
Prezident Chimyonda kapsula uylardan iborat dam olish maskanini ko‘zdan kechirdi
10:46 / 15.11.2024