O‘zbekiston | 22:09 / 09.03.2022
5027
2 daqiqa o‘qiladi

EduOn va KioTech loyihalari britaniyalik ishbilarmonlarga taqdimot qilindi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida Janubiy London savdo palatasi bilan hamkorlikda brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning savdo va sarmoyaviy salohiyati taqdim qilindi.

Foto: EduOn loyihasi

Tadbirda investitsiya fondlari, yuridik va konsalting kompaniyalar hamda avtomobilsozlik, qurilish, IT, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehmonxona kabi sohalar vakillari ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Taqdimotda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi tomon belgilangan ustuvor vazifalar haqida so‘z bordi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi va savdo-sanoat bo‘yicha O‘zbek-britan kengashining navbatdagi yig‘ilishi haqida ma’lumot berildi.

Foto: EduOn loyihasi
Foto: EduOn loyihasi

Tadbirning britaniyalik ishtirokchilari oxirgi yillarda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston munosabatlaridagi dinamik o‘sishni e’tirof etib, o‘zbek korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi.

Foto: EduOn loyihasi

Brifingda, shuningdek, Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar sun’iy intellekt texnologiyalari va ta’lim xizmatlariga oid startap loyihalarini taqdimot qildi.

MFaktor loyihasi xabariga ko‘ra, britaniyaliklarga EduOn va KioTech innovatsion texnologik loyihalari taqdim etilgan.

Mavzuga oid