Jamiyat | 19:30 / 11.03.2022
18002
2 daqiqa o‘qiladi

“25 milliondan ortiq ko‘rishlar soni diqqatimizni tortgan” – Hasan Mamasaidov

MFactor va Impulse Business Hub asoschisi Hasan Mamasaidov reklama joylashtirish uchun onlayn resurs tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi.

Trendda - onlayn resurslar

Hozir onlayn platformalar trendda ekanligini hammamiz bilamiz. Bugungi tadbirkorlar yaxshi bilishadiki, onlayn kontaktlar orqali mijozlar ularni ko‘proq taniydi.

Chunki odamlar oldingi yillarga qaraganda 5-10 baravar ko‘proq vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda, onlayn resurslarda o‘tkazyapti. Bu esa onlayn reklamalarni eng samarali reklamalarga aylantirdi.

25 mln ko‘rishlar soni e’tiborimizni tortgan

Loyihalarimizning yanayam samarali bo‘lishida eng katta auditoriyaga ega resurslarni qarab chiqqanimizda Kun.uz axborot resursini alohida e’tirof etishimizning sababi saytning qamrovi bilan bog‘liq. Faqat saytning o‘zida ko‘rishlar miqdori bir oyda 25 mln.dan oshishi, turli ijtimoiy tarmoqlarda 7 mln.dan ortiq kuzatuvchilar borligi diqqatimizni tortgan. Shu obunachilarning qanchadir qismiga da’vogarlik qilishimizga umid uyg‘ongan.

Kun.uz’ning Business class loyihasini avtomobil yuvish shoxobchasiga egalik qiladigan tadbirkor jiyanimizga tavsiya qilgandik. Black star shoxobchasi haqida tayyorlangan ko‘rsatuv namoyishidan keyin bir haftaning ichida bu ko‘rsatuvni 100 mingga yaqin odam ko‘rganligi loyihaning natijasi qanaqa ekanligini ko‘rsatdi. Bu yorqin natijadan mijoz sifatida juda mamnun bo‘lib minnatdorchilik bildirdi. Bir joydan baraka topgan odamga yana borishi uchun motivatsiya yetarli bo‘ladi.

Tadbirkor uchun ayni muddao...

Biznesini rivojlantirishni, ommaga yanada tanitishni xohlagan tadbirkor uchun Kun.uz bilan hamkorlik ayni muddao bo‘ladi. Platforma bilan ishlab baraka topgan inson sifatida buni tavsiya qilamiz.

Media sohasidagi professionallar jamlangan jamoa rivojlanishi natijasida soha rivojlanmoqda. Onlayn resurslar orasida o‘ziga xos lokomotiv bo‘lgan jamoaga alohida hurmatimiz va samimiy tilaklarimizni bildiramiz.

Mavzuga oid