O‘zbekiston | 09:25 / 14.03.2022
6035
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda hind-islom xattotligida yozish san’ati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Navoiy shahrida “Hindistonning yozma merosi: hind-islom xattotligida yozish san’ati” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Hindistonning turli hududlaridan olib kelingan 105 ta xattotlik asarlari namunalari namoyish etilmoqda.  

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, tadbir viloyat hokimligi, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi, La’l Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi doirasida Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Manish Prabxat va Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori janob Chander Shekharni qabul qilgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Ko‘rgazmada XV-XIX asrlarga oid Hindistonning turli hududlaridan olib kelingan 105 ta xattotlik asarlari namunalari namoyish etilmoqda. Kufiy, nasx, nasta’liq, xatti shikasta, ta’liq va boshqa uslubiy yo‘nalishlardagi xattotlik asarlari namunalari Hirot maktabi ustalari tomonidan yaratilgan bo‘lib, deyarli barchasi Qur’on oyatlarini yozishda keng qo‘llangan.  

Mavzuga oid