Sport | 09:49 / 20.03.2022
32226
2 daqiqa o‘qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyev perulik raqibini nokautga uchratdi

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (9-1, 7 KO) navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Los-Anjyelesdagi USC Galen Center arenasida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi perulik Devid Segarraga (34-8, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida o‘zbekistonlik bokschi chap qo‘lda raqibining tanasiga kuchli zarba yo‘lladi, natijada perulik bokschi o‘tirib qoldi va referi texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa, Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi 9-g‘alabasini nishonladi. U professional boksda faqat bir marta - 2021 yil yozida amerikalik tajribali bokschi Gabriel Rosadoga yutqazgandi.

Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini 2021 yil 17 dekabrda Toshkentda o‘tkazgandi. O‘shanda u rossiyalik Sergey Yekimov (18-4, 9 KO) ustidan g‘alaba qozongandi.

18 mart kuni Bahodir Jalolov polshalik Kamil Sokolovskini nokautga uchratib, professional boksdagi 10-g‘alabasini nishonlagandi.

Mavzuga oid