XXR TIV: Xitoy urushga qarshi
Xitoy tashqi ishlar vaziri mamlakatning Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi «tarixning to‘g‘ri tomoni»da ekanini qayd etdi.
Xitoy xalq respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I Xitoyning Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi obektiv ekani haqida aytdi.
«Xitoyning pozitsiyasi obektiv va adolatli, bu aksariyat mamlakatlarning intilishlariga mos keladi, vaqt Xitoyning pozitsiyasi tarixning to‘g‘ri tomonida ekanini ko‘rsatadi», — degan u.
Vazir avvalroq XXR raisi Si Jinping AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muloqotda vaziyatni hal qilish uchun «sovuq urush» mentalitetidan voz kechishi kerakligini aytganini eslatgan. Shuningdek, mojaro ishtirokchilari kelgusida qurbonlar bo‘lishining oldini olish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishi kerakligi muhim ekanini qayd etgan.
TIV rahbari Xitoy tomoni hech qanday tashqi bosim va majburlovlarni qabul qilmasligini, shuningdek, «o‘z manziliga bildirilgan har qanday asossiz ayblovlar va gumonlarga qarshi ekani»ni bildirgan.
U Xitoy hamisha «urushlarga qarshi bo‘lishi»ni ta’kidlagan.
Xitoy TIV rahbari o‘rinbosari Le Yuychen esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (ATR) mamlakatlari o‘zaro manfaatli asosda hamkorlik qilishi va Ukrainadagi kabi vaziyatga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ta’kidlagandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, XXR manfaatdor tomonlar yuzaga kelgan muammolarni hamkorlik yo‘li orqali hal qilishi tarafdori bo‘lishi, ixtilofni avj oldirishga qaratilgan ikkinchi variantni esa mutlaqo o‘rinsiz deb bilishini qayd etgan.
«Tarix sanksiyalar muammolarni hal qila olmasligini ko‘p marta ko‘rsatdi. Sanksiyalar faqat oddiy odamlarga ziyon yetkazadi va global iqtisodiyotni yomonlashtiradi», — dedi u.
Le Yuychen, shuningdek, NATO sharq tomon kengayib, Rossiya kabi yadroviy davlatni «burchakka» haydamasligi kerakligini aytdi.
- G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban Rossiyaning jahon moliyaviy sektorlar, texnologiyalar va boshqalardan foydalanishini cheklaydigan eng og‘ir sanksiyalarni qo‘lladi. Personal sanksiyalar Rossiyaning yirik biznesmenlari va yuqori lavozimlardagi amaldorlariga taalluqli.
- Xitoy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralamagan; BMT Bosh assambleyasida tegishli rezolyutsiyaga ovoz berish chog‘ida Xitoy betaraf qolgan.
- Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urush davomida harbiy yordam so‘rab Xitoyga murojaat qilgan. Kremldagilar bunday xabarlar haqiqatga mos emasligini bildirgan.
- 18 mart kuni AQSh prezidenti Jo Bayden va XXR raisi Si Jinping qariyb ikki soat mobaynida muloqot o‘tkazdi, unda Bayden Sini Rossiyaga moddiy (iqtisodiy va harbiy) yordam ko‘rsatish oqibatlaridan ogohlantirgan. Xitoy nashrlari yozishicha, mamlakat yetakchisi Baydenga «Ukraina inqirozi — Xitoy ko‘rishni istagan narsa emasligi»ni aytgan.
Mavzuga oid
21:15
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
19:57
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
14:53