Jahon | 15:25 / 28.03.2022
11432
1 daqiqa o‘qiladi

Shanhayda koronavirus sababli keng ko‘lamli lokdaun e’lon qilindi

Bu davr mobaynida aholi uyida qolishi, korxona va tashkilotlar yopilishi, jamoat transporti harakati to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan.  

Foto: Anadolu Agency

Xitoyning Shanhay shahrida koronavirusning «omikron» shtammini yuqtirish holatlari avj olganidan so‘ng keng ko‘lamdagi lokdaun e’lon qilindi

Karantin har biri besh kundan iborat ikki bosqichda joriy etiladi.  

Birinchi bosqichda Shanhayning Pudun iqtisodiy rayoni va uning atrofidagi rayonlar yopiladi.  

Ikkinchi bosqichda shaharning markaziy qismi yopiladi.  

Bu davr mobaynida aholi uyida qolishi, korxona va tashkilotlar yopilishi, jamoat transporti harakati to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan.  

Oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyoj mollarini onlayn-rejimda sotib olish mumkin bo‘ladi hamda sotib olingan mahsulotlar uyga yetkazib beriladi.  

O‘tgan haftada Shanhaydagi Disneylend parki yopilgan, Tesla zavodi faoliyatini to‘xtatgandi.  

Yakshanba kuni Shanhayda 3,5 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan. 

Mavzuga oid