O‘zbekiston | 10:52 / 29.03.2022
32970
2 daqiqa o‘qiladi

Farzandini ayiq qafasiga tashlagan ayolga nisbatan tergov yakunlandi

Ayolga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Foto: Kun.uz

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborgan ayolga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasini hal etish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent  shahar sudiga yuborish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi

Sudga oid psixiatriya va psixologiya kompleks ekspertizalari xulosalariga ko‘ra, ayol umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgani, ruhiy holatidan kelib chiqqan holda, u tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida ayol o‘zining 3 yoshli farzandini ayiq qafasi ichiga tashlab yuborgandi.

Holat yuzasidan prokuratura Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi.

Keyinroq tergov organi ayolning 2021 yil iyul oyidan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turganini aniqlagan.

Mavzuga oid