Alisher Sultonov vazirlikdan ketdi
Prezident farmoniga asosan, Alisher Saidabbosovich Sultonov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan energetika vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Sultonovning keyingi ish joyi va Energetika vazirligining yangi rahbari kim bo‘lishi hozircha ma’lum emas.
Alisher Sultonov 1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989 yilda A. F. Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan . 1996−1998 yillarda «O‘zneftqaytaishlash» kompaniyasida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.
1998−1999 yillarda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida bosh mutaxassis, 1999−2002 yillarda «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi Sho‘rtan qurilishi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2002−2013 yillarda «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» unitar shu’ba korxonasiga rahbarlik qilgan.
Alisher Sultonov 2013−2015 yillarda «O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2015 yil avgustidan 2018 yil sentabriga qadar «O‘zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabridan Bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2019 yil fevralida O‘zbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini o‘rnatuvchi yangi vazirlik tashkil etilib, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlari mazkur vazirlikka o‘tkazilgan, prezident Alisher Sultonovni yangi vazirlikning birinchi rahbari etib tayinlagandi.
- Ma’lumot uchun, 2018 yil 20 avgustida, «O‘zbekneftgaz» raisi va bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan Alisher Sultonov bosh vazir Abdulla Oripov bilan birga Bekoboddan Toshkentga qaytishda yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. O‘shanda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan «Damas» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, kortejga urilgandi.
- Alisher Sultonovda chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, ko‘krak qafasi 7-10 qovurg‘alari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat yeyishi qayd etilgandi.
Mavzuga oid
15:18 / 14.12.2024
10 kun ichida O‘zbekistonning energetika xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqiladi
10:21 / 07.06.2024
FT Ukraina energetikasining yarmi yo‘q qilingani haqida xabar berdi
19:05 / 06.06.2024
Iste’molchilarga bazaviy me’yordan ortiq ishlatilgan gaz-svet haqida SMS yuborilmoqda. Bu qanday ishlaydi?
08:34 / 05.06.2024