Jahon | 22:27 / 09.04.2022
18694
1 daqiqa o‘qiladi

SpaceX ilk bor kosmik turistlarni Xalqaro kosmik stansiyaga olib chiqdi

Turistlar kosmik sayohat uchun 55 mln dollardan pul to‘lagan. Ular sakkiz kun davomida kosmik stansiyada bo‘lishadi.

Foto: Futurism

Amerikalik Larri Konnor, kanadalik Mark Pati va isroillik Eytan Stibbe Crew Dragon kosmik kemasida kosmosga parvoz qildi.

“Yevronyus”ning xabar berishicha, sayohat uchun 55 mln dollardan pul to‘lagan turistlarga NASA sobiq astronavti Maykl Lopes-Alegriya hamrohlik qildi.

Shanba kuni ichida kosmonavtlar bo‘lgan kapsula Xalqaro kosmik stansiya bilan birlashgan.

Kosmik turistlar stansiyada sakkiz kun bo‘lishadi, so‘ngra Yerga qaytishadi.

Qayd etilishicha, tarixda ilk bor turistlarni Xalqaro kosmik stansiyaga Rossiyaning “Soyuz” kemasi emas, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi ishlab chiqargan Crew Dragon kemasi olib chiqdi.

Kompaniya o‘tgan yil sentabrida kosmosga oddiy fuqarolardan iborat ekipajni olib chiqqandi. O‘shanda biznesmen, kollej o‘qituvchisi va AQSh qurolli kuchlari faxriysi uch kun davomida Yer yaqinidagi orbitada bo‘lib qaytgandi.

Mavzuga oid