Jamiyat | 14:09 / 18.04.2022
3409
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda mast ayol haydovchi YPX mashinasi bilan to‘qnashdi

Cobalt’ning 27 yoshli mast ayol haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan, YPX inspektorining Lasetti’siga urilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Voqea shu yilning 17 aprel kuni soat 23:50lar atrofida Nukus shahrining Islom Karimov ko‘chasida yuz bergan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi YHXB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YPX inspektori A.Yeshniyazovga Nukusning Allayar Do‘snazarov va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanib yurgan Cobalt’ni to‘xtatish haqida xabar berilgan.

YPX inspektori A.Yeshniyazov o‘ziga xizmat uchun biriktirilgan davlat raqami 95 989 VSF bo‘lgan Lacetti’da qoidalarga bo‘ysunmagan haydovchini to‘xtatgan. 1995 yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi I.Karimov ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, YPX inspektori xizmat mashinasiga urilgan. Yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kimga zarar yetmagan.

Aniqlanishicha, Cobalt haydovchisi J.Q. (ayol kishi) mashinani mast holda boshqargani ma’lum bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid