Sport | 15:14 / 20.04.2022
19258
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik tennischilar Uimbldon musobaqasiga qo‘yilmaydi

1 mart kuni Xalqaro tennis federatsiyasi Rossiya va Belarusning a’zoligini to‘xtatgan, bu mamlakatlardagi turnirlarni bekor qilgan va ularning sportchilarini Devis Kubogi ishtirokchilari tarkibidan chiqarib yuborgandi. 

Daniil Medvedev / Foto: Reuters

Uimbldon musobaqasi tashkilotchilari rossiyalik va belaruslik tennischilarni turnirga qo‘ymaslikka qaror qildi. Bu haqda The New York Times va Sportico nashrlari xabar berdi. Ushbu qaror Rossiyaning Ukrainadagi “harbiy operatsiyasi” sababli qabul qilinganligi aytilmoqda. 

Turnir 27 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada dunyoning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev, Andrey Rublev (ATP reytingida 8-o‘rin), Karen Xachanov (26), Aslan Karatsev (30) hamda Anastasiya Pavlyuchenkova (WTA reytingida 15-o‘rin), Darya Kasatkina (26), Veronika Kudermetova (29) va yana bir necha tennischi qatnashishi lozim edi.  

1 mart kuni Xalqaro tennis federatsiyasi Rossiya va Belarusning a’zoligini to‘xtatgan, bu mamlakatlardagi turnirlarni bekor qilgan va ularning sportchilarini Devis Kubogi ishtirokchilari tarkibidan chiqarib yuborgandi.

WTA va ATP Rossiya va Belarus tennischilariga turnirlarda neytral maqomda qatnashishga ruxsat berdi. Buyuk Britaniya Daniil Medvedev Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlashdan yozma ravishda voz kechgan taqdirda Uimbldonga qo‘yilishi mumkinligini bildirdi.

Mavzuga oid