Iqtisodiyot | 08:39 / 02.05.2022
24137
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston uch oyda 11 mln dollarlik choy import qildi

O‘zbekiston 3 oyda Hindistondan 88 tonna choy import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-mart oylarida 18 ta xorijiy davlatdan qiymati 11 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 8,2 ming tonna choy import qilgan.

Qayd etilishicha, choy importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 6,7 ming tonna.

Keyingi o‘rinlardan 542 tonna choy olib kelingan Keniya va 359 tonna choy import qilingan Rossiya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Eron – 139 tonna;
  • Indoneziya – 114 tonna;
  • Hindiston – 88 tonna;
  • Vetnam – 77 tonna;
  • Shri-Lanka – 65 tonna;
  • BAA – 57 tonna;
  • Qozog‘iston – 47 tonna;
  • Pokiston – 22,5 tonna;
  • Turkiya – 22,5 tonna;
  • Germaniya – 1,4 tonna.

Bundan oldin O‘zbekistonga uch oyda import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid