Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
Pekin ma’muriyati Shanhaydagi holat takrorlanmasligi uchun keskin choralar ko‘rmoqda. Shanhayda millionlab odamlar bir oydan ortiq vaqtdan buyon izolyatsiya rejimida yashamoqda.
Pekin hukumati COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida metropoliten stansiyalarini yopmoqda, deb xabar berdi The Straits Times nashri.
Hozirga qadar 60dan ortiq stansiya – metropoliten tarmog‘ining 15 foizdan ortig‘i yopildi. Shuningdek, qator avtobus reyslari bekor qilindi, shahardagi ayrim restoranlarda ichkarida ovqatlanish taqiqlandi.
Pekinning Chaoyan rayonida aholidan keng miqyosdagi test olish ishlarining birinchi bosqichi boshlandi.
Pekinda o‘tgan sutkada koronavirus bilan bog‘liq 45ta yangi holat aniqlandi. Undan avvalgi kuni 55ta holat aniqlangandi.
Nashrning qayd etishicha, Pekin ma’muriyati Shanhaydagi holat takrorlanmasligi uchun keskin choralar ko‘rmoqda. Shanhayda millionlab odamlar bir oydan ortiq vaqtdan buyon izolyatsiya rejimida yashamoqda. Cheklovlar yumshatilganiga qaramasdan, ko‘plab shaharliklar uylaridan chiqa olmayapti.
Shanhaydan tashqari, yana o‘nlab shaharlarda to‘liq yoki qisman lokdaun joriy etilgan.
Mavzuga oid
17:07
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024