Tanzila Norboyeva ota-bola Berdimuhammedovlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi boshchisi sifatida Ashxobodga tashrif buyurgan Tanzila Norboyeva Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va uning otasi – Orqadog‘ Gurbanguli Berdimuhamedovlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, Norboyeva Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya ayollari muloqotida ham ishtirok etmoqda.
Bugun, 13 may kuni Ashxobod shahrida bo‘lib turgan Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oliy Majlis delegatsiyasi Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashdi.
Senat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining ijobiy dinamikasini qayd etgan. Shuningdek, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya faoliyati muhimligi ta’kidlangan.
«Tomonlar ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga ko‘maklashish maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirish zarurligiga kelishib oldi», - deyiladi xabarda.
Norboyeva, shuningdek, tashrifi doirasida Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhammedov (Orqadog‘) bilan ham uchrashdi.
Orqadog‘ O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini yuqori baholagan.
Tomonlar, shuningdek oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan samarali parlament nazorati muhimligini ta’kidladi. Xususan, qonun chiqaruvchi organlar imzolangan shartnomalarni huquqiy jihatdan ta’minlash, ularning ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini ta’minlash, shuningdek, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi.
Senat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek Turkmaniston poytaxtida boshlangan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya ayollari muloqotida ham qatnashmoqda.
Mavzuga oid
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:12 / 22.11.2024