Sport | 23:41 / 14.05.2022
28573
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» penaltilar seriyasida «Chelsi»dan ustun kelib, Angliya kubogi sohibi bo‘ldi

Foto: Getty Images

Londonda Angliya kubogi finali doirasidagi «Chelsi» - «Liverpul» uchrashuvi yakuniga yetdi.

«Uembli» stadionida kechgan hal qiluvchi o‘yinning asosiy vaqtdagi kulminatsion voqeasi liverpulliklar forvardi Muhammad Salohning 33-daqiqada jarohat olib, maydonni erta tark etgani bo‘ldi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtida Tuxel va Klopp shogirdlari gol kirita olishmadi – 0:0. 

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham murabbiylar zaxiradan yangi kuchlarni tushirganiga qaramay, 120 daqiqa ichida hisob ochilmadi.

Penaltilar seriyasida esa omad «Liverpul»ga kulib boqdi. «Chelsi» safidan Aspilikueta va Maunt zarbani berishda adashgan bo‘lsa, «qizillar»dan Mane xatoga yo‘l qo‘ydi. 111-daqiqada maydonga tushgan Tsimikas esa hal qiluvchi zarbani berib, «Liverpul»ga kubokni keltirdi. Shu tariqa, ushbu jamoa o‘z tarixida 8-marta ushbu sovringa ega chiqdi. 

Angliya kubogi. Final
14 may (shanba)
Chelsi – Liverpul 0:0.
Penaltilar seriyasi: 5:6
Chelsi
 – Mendi, Jyeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba (Aspilikueta, 105), Alonso, Kovachich (Kante, 66), Jorjino, Pulishich (Loftus-Chik, 105), Maunt, Lukaku (Ziyosh, 85).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk (Matip, 90), Konate, Roberson (Tsimikas, 111), Henderson, Tiago Alkantara, Keyta (Milner, 74), Saloh (Diogu Jota, 33), Mane, Dias (Firmino, 98). 
Ogohlantirishlar: Jyeyms (77).

Mavzuga oid