Jahon | 22:15 / 14.05.2022
14418
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya "Azovstal"dagilarni dengiz orqali olib chiqib ketishni taklif qildi

Anqaraning rejasiga ko‘ra, kombinatdan evakuatsiya qilinganlar Berdyansk portiga olib kelinadi, bu yerdan esa Turkiya kemasida Istanbulga olib ketiladi.

Foto: Reuters

Turkiya "Azovstal" kombinatidagi yarador askarlar va tinch aholini dengiz orqali evakuatsiya qilishga tayyor, dedi Turkiya prezidenti vakili Ibrohim Qalin.

"Biz tayyormiz. Kemamiz yo‘lga chiqishga va yarador askarlar hamda tinch aholini Turkiyaga olib kelishga tayyor", - dedi Qalin. 

Anqaraning rejasiga ko‘ra, kombinatdan evakuatsiya qilinganlar Berdyansk portiga olib kelinadi, bu yerdan esa Turkiya kemasida Istanbulga olib ketiladi.

Qalinning so‘zlariga ko‘ra, u bu taklifni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muhokama qilgan, ammo Moskva bu taklifga rozi bo‘lmagan.

Uning fikricha, bu reja amalga oshishi mumkin, faqat Anqara Moskva va Kiyevning yakuniy qarorini kutmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 aprel kuni Sergey Shoygu bilan Kremlda uchrashgan va “Azovstal” hududida harbiy harakatlarni to‘xtatishga buyruq bergandi.

7 may kuni Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk “Azovstal” korxonasi hududidagi tinch aholi olib chiqilganini ma’lum qildi

Mavzuga oid