O‘zbekiston | 09:42 / 21.05.2022
15990
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi. Bu haqda Oq uy saytidagi xabarda aytilgan.

Jonatan Henik / Foto: khabarhub

Jo Bayden mamlakatning O‘zbekistondagi navbatdagi elchisi sifatida katta tajribaga ega diplomat Jonatan Henik nomzodini ko‘rsatdi

Qayd etilishicha, nomzod Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak. Henik to‘liq tasdiqlanguncha Deniyel Rozenblyum vazifasida davom etadi.

Nyu-Yorkda ulg‘aygan Henik yaqingacha Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh diplomat bo‘lgan. U, shuningdek, xalq diplomatiyasi yo‘nalishda uzoq yillar xizmat qilgan, bu boradagi dasturlarga rahbarlik qilgan.

Ayni damda Jonatan Henik AQSh Mudofaa universitetining Kiberxavfsizlik va axborot kollejida Davlat departamentining mas’ulidir. Diplomat dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kuchli mutaxassis sifatida tilga tushgan.

Ma’lumot uchun, AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlar bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Daniel Rozenblum 2019 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi navbatdagi elchisi etib tayinlangandi.

AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlagan Pamela Spartlen o‘z vakolatlarini tugatgach, 2018 yilning avgustida AQSh senati Deniyel Rozenblyumni yangi elchi etib tasdiqlagan edi.

AQSh Senatining 2019 yil 11 apreldagi tasdig‘i bilan Deniyel Rozenblyum O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan.

Mavzuga oid