Jahon | 17:46 / 30.05.2022
17339
2 daqiqa o‘qiladi

Musulmon ulamolari ittifoqi Al Aqso masjidini himoya qilishga chaqirdi 

Al Qoradog‘iy musulmon yetakchilari va xalqlari «Al Aqso va Quddusga nisbatan ig‘vogarona xatti-harakatlarning oldini olish uchun bor kuchlarini ayamasligi»ga umid bildirdi. 

Foto: Anadolu Agency

Jahon musulmon ulamolari ittifoqi (JMUI) islom dunyosi rahbarlari va xalqlarini Sharqiy Quddusdagi Al Aqso masjidini himoya qilishga chaqirdi

JMUI bosh kotibi Ali al Qoradog‘iyning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq mutaassib yahudiylarning mazkur masjidga qarshi amalga oshirayotgan ig‘vogarona harakatlarini qoralaydi.

Qoradog‘iy musulmon yetakchilari va xalqlari «Al Aqso va Quddusga nisbatan ig‘vogarona xatti-harakatlarning oldini olish uchun bor kuchlarini ayamasligi»ga umid bildirdi.

«Al Aqso masjidi, Quddus va egallab olingan barcha Falastin yerlari musulmonlarga ishonib topshirilgan. Ular bu muqaddas joylar uchun Yaratgan va kelajak avlod oldida javobgardir», -dedi Qoradog‘iy. 

Bundan tashqari, JMUI bosh kotibi jahon hamjamiyatiga falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashini so‘rab murojaat qildi. 

Avvalroq Sharqiy Quddusda bir guruh isroilliklar «bayroqli yurish» o‘tkazgandi.

Mavzuga oid