O‘zbekiston | 13:52 / 09.06.2022
9401
2 daqiqa o‘qiladi

OneWeb kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 7 iyun kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov OneWeb  kompaniyasining bozorga kirish bo‘yicha direktori Ivan Zaytsev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda, shuningdek, AKT vazirligi vakillari hamda «O‘zbekkosmos» agentligi rahbarlari ham ishtirok etdi.

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda OneWeb  kompaniyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakili O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganini bildirib o‘tdi.

Joriy yilning 16 may kuni «O‘zbekkosmos» agentligi hamda kompaniya o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan. Memorandum asosiy maqsadi – O‘zbekiston bozoriga OneWeb  sun’iy yo‘ldoshli aloqa kompaniyasini jalb qilish, kompaniya geostatsionar bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi xizmatlari bilan bog‘liq bir qator tadbirlar, tartibga solish masalalarini muhokama qilish va OneWeb  sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanish uchun davlat asosiy ehtiyojlarini aniqlashdan iborat.

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7 iyun kungi uchrashuvda kompaniya tomonidan hududlar va olis qishloq aholi punktlarini, iqtisodiyot turli tarmoqlaridagi korxonalarni OneWeb  aloqa sun’iy yo‘ldoshlari orqali yuqori tezlikdagi keng polosali internet bilan ta’minlashni amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflar bildirib o‘tildi.

Mavzuga oid