O‘zbekiston | 20:53 / 10.06.2022
29632
1 daqiqa o‘qiladi

Deputatlar “Tashabbusli budjet”da ovoz berish jarayonini murakkablashtirmoqchi 

Qonunchilik palatasida o‘tirgan ba’zi deputatlarning ishi xalq uchun qandaydir taqiq va murakkabliklar o‘ylab topishdan iboratmi? Har holda deputatlarning so‘nggi vaqtlarda qabul qilib, muhokamaga olib chiqayotgan ayrim loyihalari shunga xizmat qilayotgandek.

Masalan, so‘nggi vaqtlarda bir guruh deputatlar joylarda minglab katta-kichik muammolarga yechim bo‘layotgan “Tashabbusli budjet” loyihasidagi ovoz berish jarayonlarini murakkablashtirish taklifini ilgari surmoqda.

“Tashabbuskor”larga ko‘ra, loyihada hozir hamma uchun qulay bo‘lgan sms yuborish orqali qatnashish jarayonini bir necha murakkab jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi “One ID” tizimiga o‘zgartirish kerak emish.

Kecha, 9 iyun kuni Qonunchilik palatasi binosida o‘tgan yig‘ilishda ayni mavzu Moliya vazirligi mutasaddilari, deputatlar, jamoatchilik faollari va loyiha ishtirokchilari ishtirokida keng muhokama qilindi.

Quyida ushbu muhokama jarayonlari bo‘yicha tayyorlangan reportajni tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid