O‘zbekiston | 17:30 / 14.06.2022
17344
2 daqiqa o‘qiladi

Aldanib qolmang! Firibgarlar internetda yutuqli o‘yinlar haqida feyk tarqatmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan zaruriyati bo‘lmaganda, o‘zi bilmagan va ishonmagan har xil so‘rovnoma, savol-javob, aksiyalar, elektron havolalar, elektron va onlayn o‘yinlar va boshqa feyk e’lonlarga kirmaslikni so‘rab qolamiz.

Foto: Uzbekistan Airways

Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways va "O‘zbekneftgaz" kompaniyalari tomonidan yutuqli o‘yinlar o‘tkazilayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, mazkur ma’lumotlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

“Bugun internet tarmog‘ida Uzbekistan Airways Safe Takeoff kompaniyasining 30 yilligini nishonlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlov haqida yolg‘on ma’lumotlar keng tarqaldi. Ushbu tanlov doirasida 3 000 000 so‘m pul mablag‘i va sovg‘alar o‘ynalishi e’lon qilingan. Uzbekistan Airways yo‘lovchilardan plastik karta ma’lumotlarini notanish saytlarga va havolalarga kiritmaslikni va bunday firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni so‘rab qoladi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan so‘rovnomani to‘ldirish orqali 5000 dollar yutib olishni taklif qiluvchi havolalar ham firibgarlarning navbatdagi tuzog‘i hisoblanadi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan zaruriyat bo‘lmaganda, o‘zi bilmagan va ishonmagan har xil so‘rovnoma, savol-javob, aksiyalar, elektron havolalar, elektron va onlayn o‘yinlar va boshqa feyk e’lonlarga kirmaslikni hamda o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etib aldanib qolmaslikni so‘rab qolamiz. 

Mavzuga oid