O‘zbekiston | 11:10 / 15.06.2022
24371
1 daqiqa o‘qiladi

Ishtixon tumani hokimi o‘zgardi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.

Foto: UzA

Ma’lum qilinishicha, Fazliddin Quronovich Ro‘ziyev Ishtixon tumani hokimi lavozimida o‘z ish faoliyatini boshladi.

Fazliddin Ro‘ziyev tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Qayd etilishicha, ushbu nomzod prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.

Ma’lumot uchun, Ishtixon tumaniga shu vaqtga qadar Shuhrat Ne’matov hokimlik qilib kelgandi. U 2007 yildan beri tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldin Qo‘shrabot tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi

Tuman hokimi Himmat Oqbo‘tayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi, Dilshod Shakarboyev Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mavzuga oid