Iqtisodiyot | 10:56 / 21.06.2022
25553
2 daqiqa o‘qiladi
Moskva birjasi o‘zbek so‘mida savdolarni boshlaydi
Joriy yilning 27 iyun kunidan boshlab Moskva birjasining valuta bozorida o‘zbek so‘mi, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha savdolar boshlanadi.
“Yangi valutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi”, deyiladi xabarda.
Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:
- Janubiy Afrika randi — Rossiya rubli (ZAR/RUB);
- AQSh dollari — Janubiy Afrika randi (USD / ZAR);
- Arman drami — Rossiya rubli (AMD/RUB);
- AQSh dollari — Arman drami (USD/AMD);
- O‘zbek so‘mi — Rossiya rubli (UZS/RUB).
BAA dirhami — Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSh dollari — BAA dirhami (USD/AED) valuta juftliklari bo‘yicha savdolarning boshlanishi esa keyinroq e’lon qilinishi aytilgan.
Mavzuga oid
21:26 / 14.10.2024
O‘zbekistonlik investorlarning «Mosbirja»dagi sarmoyalari kamaydi
15:00 / 14.05.2022
Moskva birjasida o‘zbek so‘mini savdoga kiritish rejalashtirilmoqda
00:48 / 09.08.2018
Rubl kursi 2016 yilgi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
14:10 / 18.06.2018