O‘zbekiston | 14:12 / 21.06.2022
11625
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga Dushanbedan 30 yil ichida birinchi yo‘lovchi poyezdi yetib keldi 

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridan 30 yil ichida birinchi yo‘lovchi poyezdi yetib keldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar bermoqda.

Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmonning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ma’lum qilgan.

Mazkur poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari jo‘nab, Toshkentga seshanba kunlari yetib keladi. Toshkentdan haftaning har seshanba kuni jo‘nab ketib, Dushanbega chorshanba kuni yetib boradi.

Ma’lumot uchun, Toshkentdan Dushanbegacha temiryo‘l orqali bo‘lgan masofa 916 kilometrni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.

Mavzuga oid