Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2022 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Xitoyning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning holati hamda istiqbollari muhokama qilinib, oliy va yuqori darajadagi muntazam siyosiy muloqotlarni yanada davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi forumlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024
Xitoyda 2027 yil oxiriga borib 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar ulushi 85 foizga yetkaziladi
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
23:24 / 23.12.2024