O‘zbekiston | 10:12 / 22.06.2022
59197
1 daqiqa o‘qiladi

To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarildi 

To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sariosiyo tumanida joylashgan suv ombori bo‘yicha birlamchi ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda To‘palang suv omboridan suv chiqayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 22 iyun kuni soat 08:14 larda To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarilgan

To‘palang GES suv ombor loyihasi quvvati 400 mln kubometr, amalda 378,87 mln kubometrni tashkil etmoqda. Suv tashlamasi rejaviy sekundiga 70 kubometr bo‘lib, 2022 yil 22 iyun kuni hozirgi vaqtda sekundiga 110 kubometrni tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, suv omborining mustahkamligiga ziyon yetmagan, ayni vaqtda chiqarilayotgan suv hajmini kamaytirish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid