AQSh fuqarolari Samarqanddagi Registon maydoni oldida nikohdan o‘tishdi
Samarqand viloyati turizm va madaniy meros boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 iyul kuni AQSh fuqarolari Registon maydoni oldida rasmiy nikohdan o‘tishgan.
AQSh fuqarolari Marshall Mayyer va Ebro‘ Janning nikohini Samarqand shahar FXDYo xodimlari Registon maydonining qarshisida qayd etishgan va ularga nikoh guvohnomasi berishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Marshall bundan bir necha yil oldin O‘zbekistonga amalga oshirgan sayohati paytida Samarqand shahrida bo‘lgan va bu shaharni yoqtirib qolgan.
Vataniga qaytganidan so‘ng AQShdagi o‘zbek milliy taomlari pishiriladigan restoranning doimiy mijoziga aylangan va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan shu yerda yaqindan tanishgan.
Mavzuga oid
19:58 / 12.01.2025
Los-Anjyelesdagi yong‘in kelib chiqishining texnogen sababi o‘rganiladi
17:10 / 12.01.2025
Trampni tergov qilgan maxsus prokuror iste’foga chiqdi
12:42 / 12.01.2025
Uchta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
20:55 / 11.01.2025