O‘zbekiston | 07:29 / 28.07.2022
7509
1 daqiqa o‘qiladi

6 oyda 1785 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

2022 yilning 6 oyi davomida respublikada jami 1429 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1785 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 13 nafari respublika, 195 nafari viloyat va 1577 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1210 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 158 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo‘rlik, 22 nafari mansab soxtakorligi, 15 nafari mansabga sovuqqonlik qarash, 7 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 170 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan. 

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 668,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 599,1 mlrd so‘mi undirilgan.

Mavzuga oid