O‘zbekiston | 10:27 / 05.08.2022
1499
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda haydovchi Damas mashinasiga 18 kishini mindirib harakatlandi

Yo‘lovchilarning bir qismi voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.

Videodan kadr

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 avgust kuni M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi 11-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Damas mashinasi to‘xtatilgan.

YPX xodimi haydovchining hujjatlarini tekshirayotganda mashina salonida jami 18 nafar yo‘lovchilar bilan harakatlanib kelayotganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 159-bandi talabini buzganligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid