Sport | 07:28 / 06.08.2022
10049
1 daqiqa o‘qiladi
Marjona Xudoyqulova taekvondo bo‘yicha jahon vitse-chempioniga aylandi
Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, musobaqa uchinchi kunida -52 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Marjona Xudoyqulova sovrindor bo‘ldi.
Qayd etilishicha, finalga qadar barcha raqibalarini taslim qilgan Marjonaga hal qiluvchi bahsda biroz omad yetishmadi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa birinchi kuni o‘zbekistonlik Gulshan Ismoilova bronza medaliga ega chiqqan edi.
O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 7 avgustga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
22:27 / 04.12.2024
Ulug‘bek Rashitov jahonning 2024 yildagi eng yaxshi taekvondochisi bo‘ldi
20:07 / 08.08.2024
Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi
08:05 / 21.06.2024
O‘zbekiston taekvondo milliy jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi
00:13 / 03.09.2023