O‘zbekiston | 11:11 / 26.08.2022
4178
1 daqiqa o‘qiladi

Nikohdan ajrashish holatlari eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatilmoqda

2022 yil yanvar-iyul oylarida respublika bo‘yicha 28 507 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida nikohdan ajrashish holatlari soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etildi – 3432 ta.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 3041 ta nikohdan ajrashish holati kuzatilgan bo‘lsa, Toshkent viloyatida bu raqam 2971 tani tashkil qildi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • Farg‘ona viloyati – 2955 ta;  
  • Andijon viloyati – 2896 ta; 
  • Namangan viloyati – 2499 ta;  
  • Qashqadaryo viloyati – 2270 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 1608 ta; 
  • Buxoro viloyati – 1605 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1216 ta;
  • Xorazm viloyati – 1183 ta; 
  • Sirdaryo viloyati – 1041 ta;
  • Jizzax viloyati – 954 ta;  
  • Navoiy viloyati – 836 ta. 

Mavzuga oid