O‘zbekiston | 09:09 / 06.09.2022
13521
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pomidor, bodring va kartoshka narxi oshdi

O‘zbekistonda pomidor o‘rtacha 18,4 foizga, bodring narxlari 10,6 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

2022 yilning avgust oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining iyul oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha o‘zgarish holati ma’lum qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zgarish holati quyidagicha:

  • olma – 2,9 foizga arzonlashgan;
  • limon – 9,1 foizga oshgan;
  • nok – 12,4 foizga arzonlashgan;
  • shaftoli – 8,4 foizga arzonlashgan;
  • uzum – 12,6 foizga arzonlashgan;
  • banan – 3,1 foizga arzonlashgan;
  • tarvuz – 4,6 foizga oshgan;
  • qovun – 3 foizga oshgan;
  • bodring – 10,6 foizga oshgan;
  • pomidor – 18,4 foizga oshgan;
  • sabzi – 0,3 foizga oshgan;
  • kartoshka – 3 foizga oshgan;
  • piyoz – 10 foizga arzonlashgan.

Mavzuga oid