Rosstat: Yil boshidan beri Rossiyani 419 ming kishi tark etdi
2022 yilning birinchi yarmida chet elga ketgan rossiyaliklar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘p.
2022 yilning birinchi yarmida 419 ming kishi Rossiyadan xorijga chiqib ketdi, deb xabar bermoqda RBK 5 sentabr, dushanba kuni Federal davlat statistika xizmati (Rosstat) ma’lumotlariga tayanib. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘p, ya’ni 202 ming kishi mamlakatni tark etgan.
Shu bilan birga, agar 2021 yilning birinchi yarmida Rossiyada 114,2 ming kishini tashkil etgan migratsiya o‘sishi qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi olti oyida 96,7 ming kishilik migratsion yo‘qotish kuzatilgan.
Xususan, Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan MDH davlatlariga 368 ming kishi ketgan, 294 ming kishi esa qaytib kelgan. Migratsiya oqimi 2021 yildagi 111 ming kishiga nisbatan 73 ming kishini tashkil etdi. Uzoq xorij davlatlariga 50 mingdan sal ko‘proq odam jo‘nab ketgan va 27 ming kishi qaytgan – o‘tgan yilgi 2,5 ming kishilik o‘sishga nisbatan minus 23 ming kishi.
«Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketganlar soni 216,5 ming kishiga yoki 2,1 baravarga, MDHga a’zo davlatlarga emigrantlar - 189 ming kishi hisobiga ham oshgan. Shuningdek, uzoq xorij davlatlariga ketganlar hisobi ham rol o‘ynadi - 27,6 ming kishiga yoki 2,2 baravarga ko‘p», — deyiladi idora xabarida.
Mavzuga oid
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34
Rossiyada migrantlarning ish joyini o‘zgartirishni taqiqlash taklif etilmoqda
17:38