O‘zbekiston | 19:00 / 07.09.2022
5853
1 daqiqa o‘qiladi

Limonchilik maktabini rivojlantirish istiqbollari

O‘zbekistonda limonchilik maktabini rivojlantirish maqsadida zamonaviy limonzorlar barpo etish borasida qator loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Markaziy Osiyo va MDHda birinchilardan bo‘lib aynan bizning diyorimizda, ya’ni O‘zbekistonda yirik limonchilik maktabi shakllangan. Xalq akademigi, O‘zbekiston limonchilik maktabi asoschisi Zayniddin Faxriddinov faoliyati shu davr bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi kunda tarmoqni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida limonchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir Prezidentning bir qator qarorlari qabul qilindi. “Osiyo taraqqiyot banki”, “Jahon banki”, “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi” hamda “Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi” kabi moliyaviy institutlardan xorijiy kredit liniyalari jalb qilindi. 
Turonbankning moliyaviy ko‘magi bilan respublika bo‘ylab istiqbolli loyihalar yo‘lga qo‘yilib, hududlarda kompleks ravishda zamonaviy limonzorlar barpo etish ishlari boshlangan.

Reklama

Mavzuga oid