Ukraina kutilmaganda Xarkiv yaqinida hujumga o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv frontida qarshi hujum boshladi. Seshanba kuni tongda ular kutilmaganda Balakliya yo‘nalishida Rossiyaning Izyum guruhi qanotiga kuchli zarba berdi.
Ukraina qo‘shinlari Xarkiv yaqinida hujum qilishda davom etmoqda. Tasdiqlanmagan, ammo ishonchli ma’lumotlarga ko‘ra, ular Rossiya kuchlarining yirik tayanch punkti - Balakliya shahrini shimol va janubdan o‘rab olishga muvaffaq bo‘lgan, endi hujum qilayotgan ilg‘or qismlar operativ kenglikka chiqishgan va dushmanning Izyum atrofidagi butun guruhi ta’minotini kesib qo‘yish bilan tahdid solmoqda. Rossiya qo‘mondonligi shoshilinch tarzda xavfli yo‘nalishlarga madad kuchlari yubormoqda, ammo o‘z hisobotlarida faqat muvaffaqiyatlar haqida gapirmoqda.
Ukraina qurolli kuchlari Balakliya yo‘nalishida yoppasiga hujumga o‘tgani haqida seshanba kuni ma’lum bo‘lgandi - Rossiya-Ukraina urushida avval ham bo‘lganidek rasmiy manbalardan emas, vaziyatdan yaxshi xabardor bo‘lgan manbalardan. E’tiborli jihati, ukrain nashrlari ham, rossiyaparast blogerlar va propagandachilar ham Xarkivdan janubi-sharqda ro‘y berayotgan voqealar haqida deyarli bir xil xabarlar tarqatishdi.
Farqli jihati faqat ukrain qo‘shinlarining harakatlanish tezligi va naqadar chuqur kirib kelganini baholashda ko‘rinardi.
Dastlabki xulosalar
Xarkiv frontidagi vaziyat haqida Ukraina tomoni ham, Rossiya bosh shtabi ham sukut saqlamoqda.
Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich 6 sentabr kuni «shaharlardan birida» Rossiya qo‘shinlari uchun o‘ta yoqimsiz vaziyat yuzaga kelgani haqida qog‘ozga o‘rab gapirgandi.
Ayni vaqtda quyidagicha kartina yuzaga kelgan: Ukraina qurolli kuchlari bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda - Balakliyadan janubda, shimolda va g‘arbda rossiyaliklar mudofaasini yorib o‘tgan - shahar yarim doira ichida qolgan, sharqqa chekinish yo‘li zarba ostida ushlab turilibdi.
Aftidan, ukrain bo‘linmalari Balakliyani katta kuch bilan shturm qilish uchun vaqt sarflashni istamadi. Rossiya qismlari uchun yana bir jiddiy xavf - Balakliya shimolida, Volohiv Yarda. Bu muhim transport tuguni bo‘lib, u orqali Rossiya qo‘shinlari nazoratidagi Kupyanskdagi temiryo‘l stansiyasiga trassa o‘tadi. U yerdan esa trassa janubga, Izyumga olib boradi. Bu hududda, Izyumda Rossiyaning yirik guruhi joylashgan bo‘lib, uning ta’minoti Kupyanskdan yetkazib berish saqlanib qolishiga bog‘liq.
Shuningdek, ukrain kuchlari Shevchonkovo qishlog‘i yo‘nalishida shimoli-g‘arbdan, Vesyoloye qishlog‘i yo‘nalishida janubi-g‘arbdan zarba berishi mumkin - Ukraina armiyasi bu yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishsa, anchagina yirik «kotyol» hosil bo‘ladi.
Rossiyaparast blogerlar nima deyishmoqda?
«Bugun yaxshi yangiliklar kutmang», deya yozadi Zapiski Veterana telegram-kanali muallifi. Keyin u so‘kinish so‘zlari bilan Rossiya harbiy qo‘mondonlariga e’tirozlarini bildiradi va «qog‘ozda shtat 100 foizga to‘lgani ko‘rsatilishi, amalda esa bo‘linma 45-50 foizga to‘ldirilgani» aytiladi. «Yana bir bor aytaman - bu MAKSIMUM. Haqiqiy shtat 20 foizga to‘ldirilgan bo‘linmalar ham bor», deya yozg‘iradi u.
U Volohiv Yar ostonasida Rosgvardiyaning ikki birlashgan otryadi bir kundan oshiq vaqt davomida to‘liq qurshovga tushgan holatda jang qilayotganini qo‘shimcha qilgan.
«Endi dushman rejasi konturlari aniq bo‘ldi. Asosiy zarba Kupyansk yo‘nalishida bo‘lmoqda. Vazifa Izyumdagi guruhni avval ta’minotdan uzib qo‘yish, keyin qurshab olish», deya davom etadi u.
⚡️ Svodka na 07.09 12:35
— Avanpost (@Avanpost2) September 7, 2022
1. V 8:07 SOBR «Omega» vyxodil na svyaz, dokladyvali chto vse xorosho.
2. Protivnik pytayetsya «gazovat» na Izyum, daby zayti v tyl, no bezuspeshno.
3. Balakleya po prejnemu naxoditsya v operativnom okrujyenii, protivnik primenyayet ujye rezervy.
«Kupyanskka boruvchi shimoliy yo‘lni ukrainlar kamida zarbalar bilan nazoratga olishgan. Tunda Volohiv Yar ostonasida janglar kechdi va dushman bizni u yerdan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Balakliya operativ qurshovda qolgan, Ukraina qurolli kuchlari muvaffaqiyatini davom ettiradi va katta ehtimol bilan Kupyanskka kirishga va Balakliyani ham, Izyumni ham ta’minotdan uzib qo‘yishga harakat qiladi. Buning uchun ularda kuch yetarli», deya yozadi «Starshe Eddy» telegram-kanali.
«Voyna Z Ukraina» telegram-kanali Xarkiv oblastidagi harbiy harakatlar aks etgan xaritani keltirgan.
Kotsnews telegram-kanali muallifi, «Komsomolskaya pravda» muxbiri Aleksandr Kots ham Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv oblastidagi hujumlari qanday tahdid solayotgani haqida savol qo‘ygan.
«Janglar Verbovka, Yakovenkovo, Taranushino, Voloxiv Yar liniyasi bo‘ylab boshlanganiga qaraganda, vazifa nima qilib bo‘lmasin Balakliyani olish emas. Ularga avvaliga Voloxiv Yardan Balakliyagacha bo‘lgan yo‘lni nazoratga olish muhim (ular allaqachon artilleriya bilan yo‘lni nazorat qilmoqda), keyin esa amalda qurshab olish. Voloxiv Yardan - Izyumga, shuningdek Shevchenkovoga to‘g‘ridan to‘g‘ri trassa bor, u orqali yo‘l Kupyanskka eltadi.
Ha, hozir Kupyanskdan Izyumga qadar ta’minot uchun dala yo‘li ham mavjud, bu yo‘l shaharning o‘ziga boradi. Ammo dushman Volohiv Yardan janubga siljisa, bu yo‘l ham xavf ostida qoladi.
Dushman Mixaylovskoye orqali Kupyanskka chiqqan taqdirda, Izyumdagi guruh amalda asosiy yerdan uzilib qoladi. Oskol (daryo) orqali sharqqa ketishga to‘g‘ri keladi. Bu albatta bir kunda bo‘ladigan ish emas, ammo umid qilishni istardimki, ukrainlarning shu kunlardagi muvaffaqiyati rivojlanmaydi.
Men hozir bu uchastkada qahramonlarda mudofaalanayotgan Mudofaa vazirligi, Rosgvardiya, XHK va LDXRdan kelgan jangchilarga nima deyishni bilmayman. Uzoqdan turib aytilgan har qanday so‘z juda ham samimiy ko‘rinmaydi. Bardam bo‘ling, yigitlar…
P.S. Rahbarlar yomon xabarlarni yoqtirmaydigan, qo‘l ostidagilar esa boshliqlarni ranjitishni istamaydigan tizim bilan nimadir qilish kerak. Balki, yomon xabarlar uchun mukofot berish kerakdir…».
Rossiya qo‘mondonligi nima demoqda?
Prezident Vladimir Putin, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov ukrainlarning Xarkiv yaqinidagi qarshi hujumi boshlangan kuni Primore o‘lkasida «Vostok-2022» qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatdi.
Chorshanba kun Putin Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda Rossiya-Ukraina mojarosiga to‘xtaldi. U frontdagi vaziyat haqida gapirmadi, Rossiyaning maqsadlari va Ukrainadagi yutuqlar haqidagi umumiy gaplar bilan cheklandi.
«Men o‘ylaymanki, biz hech narsa yo‘qotmadik va hech narsa yo‘qotmaymiz. Qo‘lga kiritganlarimiz haqida shuni aytishim mumkinki, asosiy yutug‘imiz - suverenitetimizni mustahkamlanishidir va bu hozir bo‘layotgan ishlarning muqarrar natijasi», deya Putindan iqtibos keltirgan TASS.
Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov 7 sentabr kuni ham brifingni odatdagi kabi «Rossiya qurolli kuchlari bo‘linmalarining muvaffaqiyatli yurishlari natijasida...» iborasi bilan boshladi va shu ruhda davom etdi.
General Konashenkov Balakliyadagi vaziyat haqida lom-mim demadi.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024