O‘zbekiston | 19:43 / 10.09.2022
35018
2 daqiqa o‘qiladi

O‘qishni ko‘chiruvchilar uchun ham super-kontrakt ochildi

Foto: Kun.uz

Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirish uchun ariza bergan va testda o‘tish balini ololmagan talabgorlar ham, agar o‘zlari xohlasa, super-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.

Bu haqda ma’lum qilgan bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga ko‘ra, tez orada yuqoridagi toifa abituriyentlarga super-kontrakt uchun onlayn ariza yuborish va shartnoma olish imkoni yaratiladi. Buning uchun OTMga borish shart emas.

Shuningdek, “perevodchilar” uchun ham super-kontraktga 10% chegirma beriladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin ham super-kontrakt bo‘yicha yangi tartiblar belgilangan edi:

  • o‘zi tanlagan 1-yo‘nalishiga kirolmay, lekin 2-, 3-, 4– yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan abituriyentlarga o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berildi;
  • beshala yo‘nalishda ham imtihondan yiqilgan abituriyentlar esa bu beshta yo‘nalishning istalgan bittasida super-kontraktda o‘qishi mumkin bo‘ldi.

Mavzuga oid