O‘zbekiston | 19:07 / 19.09.2022
19929
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temiryo‘llari» raisi qat’iy ogohlantirildi

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ raisi Husniddin Hosilov 3 oyda o‘z tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turizm masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda «Toshkent-Samarqand» va «Toshkent-Andijon» yo‘nalishlarida avtomobilda yo‘lovchi tashish vaqti o‘rtacha 1-1,5 soatga ko‘paygani, lekin, temiryo‘l va aviaqatnovlar soni va sifati talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois tegishli mutasaddilarga:

  • vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo‘lga qo‘yish;
  • viloyat markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga avia va temiryo‘l qatnovlarini 2 baravar ko‘paytirish;
  • kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish;
  • viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
  • shveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Bo‘stonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yo‘nalishlarda yangi o‘quv dasturlari asosida o‘qitishni boshlash;
  • «Ipak yo‘li» turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida o‘rta bo‘g‘in xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoshlarni o‘qitish topshirildi. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi H.Hosilov 3 oyda o‘z tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

Mavzuga oid