O‘zbekiston | 11:17 / 21.09.2022
8554
2 daqiqa o‘qiladi

Metroda xizmat tekshiruvi olib borish tartibi belgilandi

Temiryo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablari buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvi olib borish tartibi belgilandi.

Foto: Kun.uz

«O‘ztemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi xabariga ko‘ra, Transport vazirligi tegishli buyrug‘i kelgusida harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlari kelib chiqishi oldini olishga xizmat qiladi.

Hududida harakat va tashishlar xavfsizligi talablari buzilishi bilan bog‘liq hodisalar sodir bo‘lgan temiryo‘l transporti sub’yektlari yoki metropoliten mas’ul xodimlari mavjud aloqa vositasi orqali vakolatli organlarni hamda harakatdagi tarkib va yuk manfaatdori yoki egalarini sodir bo‘lgan hodisa haqida darhol xabardor qilishlari lozim.

Sodir bo‘lgan holat ko‘lamidan kelib chiqib, Transport vazirligi komissiyasi, temiryo‘l transporti sub’yekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi tuziladi. Komissiyalar o‘z vakolati doirasida xizmat tekshiruvini tashkil qilish hamda yakuniy xulosa berish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘n besh ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Mavzuga oid