Qabristonlarda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rash taqiqlanishi mumkin
Vazirlar Mahkamasi ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
O‘zA’ning yozishicha, agarda mazkur hujjat loyihasi amaliyotga tatbiq etilsa, qabrlar atrofini metall va boshqa to‘siqlar (o‘simliklardan iborat yashil to‘siqlardan tashqari) bilan o‘rab olish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) faqat tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina beradi.
Mazkur muhokama 1 oktyabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
09:45 / 18.12.2024
Yo‘lga noqonuniy to‘siqlarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik belgilanyapti
10:41 / 20.07.2024
Rossiya qabristonlarni kengaytirish uchun davlat xarajatlarini uch baravar oshirdi
21:13 / 13.05.2024
Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchilari qabristonga olib borilgani aniqlandi
09:47 / 04.05.2024