Jamiyat | 18:59 / 27.09.2022
42413
1 daqiqa o‘qiladi

O‘yga toldiruvchi taqdirlar: Vazir o‘rinbosarligidan qariyalar uyigacha

SUBeKTIV'ning yangi soni ota-onasi borlarga ataladi. Biz Ohangarondagi “Saxovat” internat uyida yashayotgan hamyurtlarimiz hikoyalariga quloq tutdik. Ibrat olish va qanday xulosa chiqarishni esa doimgidek tomoshabinning o‘ziga havola qilamiz.

Ishonchimiz komilki, ko‘rsatuv qahramonlarining taqdirlari bilan tanishish ota-onasi hayot bo‘lgan, qolaversa farzand ham tarbiyalayotgan barcha vatandoshlarimiz uchun foydali bo‘ladi.

Agar mavzu sizga taalluqli emasdek tuyulgan bo‘lsa, siz ota-onangizga hamma sharoitni muhayyo qilib qo‘yganman deb hisoblasangiz, unda siz uchun xursandmiz. Faqat bir narsani aytishni istardik: inson keksayganida mehrga muhtojligi ortadi, mehr ko‘rsatish esa chiroyli uy qurib berish, eng yaxshi yeguliklar va kiyimlarni olib berishdan iborat emas. Eng asosiysi, ota-onalarimizga ko‘proq vaqt ajratishga, ular bilan samimiy va dildan suhbatlashishga intilaylik.

Mavzuga oid