O‘zbekiston | 13:54 / 04.10.2022
16754
1 daqiqa o‘qiladi
Foto: Budapeshtda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 4 oktyabr kuni Budapesht shahrida Vengriya parlamentining binosi ro‘parasidagi Layosh Koshut nomidagi maydonda rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga piyoda va otliq askarlardan iborat faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya prezidenti Katalin Novak rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Marosim yakunida faxriy qorovul tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.
Mavzuga oid
14:13 / 04.01.2025
Polsha Vengriya elchisiga taklifnomani qaytarib oldi
14:38 / 02.01.2025
Vengriya YeIdan milliardlab yevro dotatsiya olish huquqidan mahrum qilindi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024